AsosiyJinoyat

Parkentda SESchilar karantin qoidalarini buzganlarni nazorat qilish o`rniga jinoyatiga sherik bo`lishdi

'Parkentda SESchilar karantin qoidalarini buzganlarni nazorat qilish o`rniga jinoyatiga sherik bo`lishdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Parkent tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. 

Bosh prokuratura Matbuot xizmatining bizga bergan ma`lumotiga ko`ra, unda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi Parkent tuman filiali mansabdor shaxslari tomonidan karantin qoidalarini buzgan 86 nafar fuqaroning qilmishiga yarasha jarima tayinlamaslik, qilmishni istisno etuvchi holatlar sifatida rasmiylashtirish orqali 397,6 mln so`mlik davlat manfaatlariga juda ko`p miqdorda zarar etkazilganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan ushbu mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.  

Tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar