AsosiyJamiyat

Sirdaryoda "ISUZU" mashinasida yong`in ketdi

'Sirdaryoda "ISUZU" mashinasida yong`in ketdi'ning rasmi

2020 yil 21 iyul kuni soat 04:30 larda Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani hududidan o`tgan M-39 yo`lining Termez-Toshkent yo`nalishi 920 km.da haydovchi A.J. o`z boshqaruvidagi "ISUZU" avtomashinasi yonib ketdi. 

Sirdaryo viloyati IIB YHXB Axborot xizmati bergan ma`lumotga ko`ra, "ISUZU" haydovchisi  yo`lning qarama qarshi tomonidagi transportning uzoqni yortuvchi chiroqlari yorug`ligi ko`zini qamashtirganligi oqibatida yo`l chetida to`xtab turgan B.B. boshqaruvidagi Kamazning tirkamasining orqasiga borib urilgan. 

Natijada "ISUZU" avtomashinasi yo`lovchisi S.P. "chap o`mrov suyagi sinishi" tashxisi bilan tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Ma`lumot uchun: Yo`l harakati qoidalarining 135 bandida "Ko`zi qamashgan haydovchi avariya ishoralarini yoqishi, harakatlanish bo`lagini o`zgartirmasdan tezlikni kamaytirishi va to`xtashi kerak." deb belgilab qo`yilgan. 

    Boshqa yangiliklar