AsosiyJamiyat

Toshkentda koronavirusga chalingan 68 yoshli ayol o`pka shishidan vafot etdi

'Toshkentda koronavirusga chalingan 68 yoshli ayol o`pka shishidan vafot etdi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lum qilishicha, Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 68 yoshli M.I. (ayol) joriy yil 25 iyundan 14 iyulga qadar Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazida davolangan.

15 iyul kuni unda “COVID-19” tasdiqlangan va u o`ta og`ir holatda Toshkent tibbiyot akademiyasi ko`p tarmoqli klinikasining reanimasiya bo`limiga yotqizilib, sun`iy nafas berish apparatiga ulangan.

Bemorga “COVID-19” infeksiyasining og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniyaning og`ir kechishi tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir respirator distress sindrom, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi, o`pka shishi hamda poliorgan etishmovchiligi kabi asoratlar bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, infarktdan keyingi kardioskleroz, qandli diabetning og`ir kechishi kabi hamroh kasalliklar bilan ham og`rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.  

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi hamda o`pka shishidan vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar