2020 yil 21 iyul soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 17 755 (+165) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 104 nafari Toshkent shahrida, 7 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko`tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 54 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 9 463 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 8 199 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






