AsosiyJamiyat

Tibbiyotda masala ko`p yoki shifokorlarni himoya qilish davri kelmadimi?

'Tibbiyotda masala ko`p  yoki shifokorlarni himoya qilish davri kelmadimi?'ning rasmi

Hozirgi holatda butun e`tibor pandemiya va uning oldini olish chora-tadbirlariga qaratilmoqda. O`z navbatida kasallik bilan kurashayotgan shifokorlarga yaratilgan shart-sharoitlar ham shunga yarasha bo`lmog`i lozim.

Poytaxtimizning Yashnobod tuman tibbiyot poliklinikasida olib borilgan o`rganishlar jarayonida deputatlar aynan shu kabi holatlar bo`yicha o`rganish ishlarini olib bordi. Aniqlanishicha, tuman poliklinikasiga byudjet mablag`lari hisobidan 3,5 mlrd so`m ajratilgan bo`lib, bugungi kunda ushbu mablag`lar shifokorlar uchun zarur bo`lgan himoya vositalari va anjomlar, dizenfeksiya ishlari olib borilishi uchun yo`naltirilmoqda. Tibbiyot muassasasi bosh shifokori Muattar Ilyasovaning ta`kidlashicha, mamlakatimizda karantin e`lon qilinganidan buyon hali biror marotaba mazkur poliklinika bemorlar uchun yopib qo`yilgan emas. Shuningdek, Yashnobod tuman hokimiyati tarafidan TTB va SES xodimlari uchun 2 ta «Damas» rusumli avtomashina ajratilgan. Ushbu hududdagi sall-senteresa tun-u kun aholiga xizmat ko`rsatish bilan mashg`ul. Darvoqe, markaz ishonch telefon raqamlari kabelli aloqa uzatish simlari orqali doimiy tarzda oynai jahonda ko`rsatib borilmoqda.

Bu birgina Yashnobod tumanidagi holatga baho berish bilan xulosa chiqarish noo`rin. Chunki, ishchi guruh olib borgan o`rganishlar natijasida Toshkent shahar shoshilinch tez tibbiyot yordam markazida axvol yaxshi emasligi ma`lum bo`ldi. Aholidan kelib tushayotgan chaqiruvlarni ushbu muassasa o`z vaqtida qamrab ololmayotganligi ko`plab e`tirozlarga sabab bo`layotgani aytilmoqda. Ayni paytda koronavirusga chalingan bemorlarni qabul qilayotgan mazkur shifoxonada allaqachonlar joy etishmayotganligi muammosi bartaraf etilmasdan kelinmoqda. Da`volovchi shifokor kadrlar etishmasligi masalasi ham asosiy turgan muammolardan ekanligi aniqlandi. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari o`rganishlari natijasida aniqlagan ushbu masalalarni navbatdagi sessiya muhokamasiga qo`yish uchun hozirlamoqda.

Ma`lumot uchun: bugungi kunda Toshkent shahri bo`yicha har bir poliklinikaga 10 donadan mobil telefonlar ajratilgan bo`lib, ushbu aloqa vositalari uyda da`volanayotgan koronavirus bemorlari bilan oson bog`lanish uchun yo`lga qo`yildi. Shuningdek, ular holidan patronaj xizmati orqali doimiy xabar olib turilibdi. Bugungi kunda mana shu kabi poliklinikalarda 8 mingdan ortiq tibbiyot xodimlari ishlamoqda. Bundan tashqari xususiy klinikalar ham Covid19 ni da`volashga tayyorlanmoqda.

 

Mehriniso BOBONAZAROVA

O`zbekiston «Adolat» SDP

Toshkent shahar Kengashi

matbuot kotibi

    Boshqa yangiliklar