AsosiyJamiyat

Koronavirusga chalingan andijonlik bemor vafot etdi. Unda bir qator hamroh kasalliklar bo`lgan

'Koronavirusga chalingan andijonlik bemor vafot etdi. Unda bir qator hamroh kasalliklar bo`lgan'ning rasmi

SSV ma`lum qilishicha ayni daqiqalarda koronavirusga chalingan yana bir hamyurtimizning joni uzildi.

Andijon viloyati Andijon shahrida yashagan 42 yoshli G`.I. (erkak)da joriy yil 15 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va u viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan edi.

Unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, gipertoniya, qandli diabet, semizlikning 4-darajasi kabi hamroh kasalliklar bilan ham og`rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi hamda o`pka shishidan vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar