AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 17 881 nafarga etdi. Ularning deyarli 50 foizi sog`aygan

'O`zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 17 881 nafarga etdi. Ularning deyarli 50 foizi sog`aygan'ning rasmi

2020 yil 21 iyul soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 17 881 (+126) nafarni tashkil etmoqda, deb xabar berdi SSV.

Yangi kasallanish holatlarining 84 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko`tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 34 nafari Qashqadaryo viloyatida, 8 nafari Toshkent viloyatida profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E`tiborli jihati, bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasida 5 nafar hamda poytaxtimizda uy sharoitida 8 nafar, Samarqand viloyatidagi tibbiyot muassasasida 36 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasida 6 nafar, Sirdaryo viloyatida 3 nafar, jami 58 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 9 521 (+58) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 265 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar