SSV ma`lum qilishicha, bugun 21 iyul kuni mamlakatimizda 567 holatda kasallik qayd etilgan bo`lib, ularning barchasi tana harorati ko`tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 3 nafar, Andijon viloyatida 1 nafar, jami 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Avval xabar qilganimizdek, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Samarqand va Sirdaryo viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida hamda uy sharoitida 58 nafar bemor sog`aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 17 881 nafar bemordan 9 521 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 53 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8 265 nafar bemordan 101 nafari og`ir, 32 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.
Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 62 513 nafar, stasionar karantinda esa 23 754 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo`lib turibdi.






