AsosiyDunyo

JSST koronavirusga qarshi ommaviy emlash qachon boshlanishini e`lon qildi

'JSST koronavirusga qarshi ommaviy emlash qachon boshlanishini e`lon qildi'ning rasmi

COVID-19ga qarshi ommaviy emlash 2021 yil o`rtalarida boshlanishi mumkin. Bu haqda Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti rahbari o`rinbosari Sumiya Svaminatan ma`lum qilgan.

Uning so`zlariga ko`ra, hozirda 20 dan ortiq vaksinalar klinik sinovdan o`tmoqda. Ularning ba`zilaridan umid bor, o`z samarasini ko`rsatmoqda. 2021 yil boshiga qadar kutilgan natijalarni qo`lga kiritish mumkin.

“Yangi virusga qarshi antitela qon zardobida bir necha haftadan so`ng yo`q bo`lib ketishi, bu immunitetning yo`qligini isbotlamaydi. COVID-19ga qarshi hujayrali immunitet mexanizmi hali etarlicha o`rganilmagan”, dedi u.

JSST ma`lumotlariga ko`ra, vaksinani birinchi navbatda, pandemiyaga qarshi kurashning oldingi safida turganlar, shuningdek, keksa odamlar va gipertoniya, demensiya, diabet kabi kasalliklarga chalingan bemorlar olishi kerak.

    Boshqa yangiliklar