Prezident Shavkat Mirziyoevning topshirig`iga binoan Rossiya Federasiyasining Novosibirsk shahrida tahsil olayotgan 200 ga yaqin o`zbekistonlik talaba charter reys orqali yurtimizga olib kelindi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida talabalar sanitariya qoidalariga ko`ra tekshiruvdan o`tdi. Ularning yuklari ham tegishli tartibda dezinfeksiya qilindi.
Tomsk shahri Sibir federal okrugida tahsil olayotgan bu talabalar sog`lig`ini saqlash maqsadida o`rnatilgan tartibda karantinga olinadi. So`ngra oilasi bag`riga qaytadi.
22.07.2020 03:17
Rossiyada tahsil olayotgan o`zbek talabalari vatanga olib kelindi






