AsosiyJamiyat

Gulistonda 25 yoshli ona 1 yashar bolasini 17 ming AQSh dollariga sotayotganda qo`lga olindi

'Gulistonda 25 yoshli ona 1 yashar bolasini 17 ming AQSh dollariga sotayotganda qo`lga olindi'ning rasmi

Keltirilishicha, 21.07.2020 yilda olingan tezkor ma`lumotlarga asosan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “maxsus xaridor” sifatida ishtirok etgan tezkor xodim M.X.ga 1995 yilda Guliston tumanida tug`ilgan fuqaro A.O`, 15.07.2019 yilda tug`ilgan farzandi “O`.L.”ni 17.000 AQSh dollariga sotishga kelishib, Guliston shahri, Xalqlar do`stligi ko`chasi, «Shohruh» mehmonxonasi oldida farzandi L.O`.ni “maxsus xaridor”ga berib, evaziga undan kimyoviy ishlov berilgan 17.000 AQSh dollarini olib, bu haqda tilxat yozib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatda yuzasidan Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar