AsosiyJamiyat

Koronavirusni oddiy shamollash yoki grippdan qanday farqlash mumkin?

'Koronavirusni oddiy shamollash yoki grippdan qanday farqlash mumkin?'ning rasmi

Ushbu savolga Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti UASh malakasini oshirish kafedrasi professori, SSV Bosh umumiy amaliyot shifokori Mashkura Zohidova javob berdi:

➖ Koronavirus kasalligida ko`p uchraydigan ayrim erta belgilar shamollash va gripp kasalligi belgilariga o`xshaydi. Bular: tana harorati ko`tarilishi, umumiy xolsizlik, ishtahaning yo`qolishi, mushaklardagi og`riq, ta`m va hid sezmaslik. Biroq koronavirus o`rta og`irlik va og`ir kechishida kasallikning 5-7 kuniga tana haroratining 38-39 ºS dan oshadi, nafas olish etishmovchiligi, hansirash paydo bo`ladi, oddiy shamollash va grippda esa — aksincha 3-4 kundan keyin bemor ahvoli yaxshilana boradi.

Bundan tashqari koronavirus kasalligini aniq tashxislash uchun epidemiologik anamnez, PZR tekshiruvi javobi musbat bo`lishi, kislorod saturasiyasi 95% dan kamayishi, KT sida xarakterli “bug`li oyna” simptomi kuzatilishini inobatga olishimiz kerak.

    Boshqa yangiliklar