Bu yil O`zbekiston bo`yicha 91ta oliy ta`lim muassasacida o`qish uchun 1 million 484 ming 85 abiturient hujjat topshirgan (2019 yilda 1 million 66 ming 926). Bu ko`rsatkich o`tgan yilga nisbatan 417 ming 159 nafarga yoki 39,1 foizga ko`p.
Shundan, 2019/2020 o`quv yili bitiruvchilari 536 ming 144 nafarni tashkil etdi.
Tanlov ko`rsatkichi o`rtacha bir o`ringa 10,57 abiturient ishtirokiga to`g`ri keladi.
Eng yosh abiturient 13 yosh, eng yoshi katta talabgor esa 95 yoshda.






