Milliy armiyamizni yurtimizda ishlab chiqarilgan zamonaviy qurol va harbiy texnikalar bilan ta`minlash maqsadida Davlat mudofaa sanoati qo`mitasi mamlakatimizning maxsus uskunalarini ishlab chiqarish bo`yicha etakchi korxonalaridan biri «KRAN VA MAXSUS TEXNIKALAR» MChJ bilan hamkorlikda «TARLON» (4x4) rusumli engil zirhli avtomobilning (EZA) tajriba namunasi ishlab chiqarilmoqda. Bu haqda qo`mita ma`lum qildi.

O`qlar va portlashlardan himoya etuvchi EZA shaxsiy tarkibni tashish, ularni jang maydonida o`q-dori va portlovchi moddalardan himoya qilish, xavfli hududlarda maxsus vazifalarni bajarish, mobil guruhlar va blokpostlarga olovli madad berish, qo`shinlarni va avtotransport kolonnalarini himoya qilish, jangovar patrullik va boshqa jangovar vazifalarni bajarish uchun mo`ljallangan.
«TARLON»ning asosiy taktik va texnik tavsifi:


Shuni ta`kidlash kerakki, o`zining texnik va jangovar xususiyatlariga ko`ra «TARLON», etakchi xorijiy davlatlarning shu turkumdagi engil zirhli avtomobilaridan aslo qolishmaydi.






