AsosiyJamiyat

O`zbekistonda qancha odam uy sharoitida koronavirusdan davolanayotganligi ma`lum qilindi

'O`zbekistonda qancha odam  uy sharoitida koronavirusdan davolanayotganligi ma`lum qilindi'ning rasmi

Respublika maxsus komissiyasi markaziy shtabi a`zosi - Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi xodimi Jo`shqin Qosimov karantinga olingan xonadonlar, uy sharoitida davolanayotgan bemorlar yuzasidan  ma`lumot berdi.

22 iyul soat 10:00 holatiga ko`ra, mamlakat bo`yicha koronavirusdan uy sharoitida davolanayotganlar soni 1 ming 706 nafarni tashkil qilmoqda.  

📍Qoraqalpog`iston Respublikasida — 58,

📍 Andijon viloyatida — 136,  

📍 Jizzax viloyatida — 22,  

📍 Navoiy viloyatida — 40,  

📍 Namangan viloyatida — 21,  

📍 Samarqand viloyatida — 96,  

📍 Sirdaryo viloyatida — 156,  

📍 Surxondaryo viloyatida — 101,

📍 Qashqadaryo viloyatida — 21,  

📍 Toshkent viloyati — 637,

📍 Toshkent shahrida — 413  

nafar bemor uyda davolanmoqda.  

 Ularning barchasi shifokorlar nazoratida bo`lib, kerakli tavsiyalar berib borilyapti.

 Bepul dori-darmonlar hamda bir martalik tibbiy niqoblarni etkazib berish yo`lga qo`yilgan.

Uyda davolanish amaliyotini o`tayotgan bemorlar 10 kun davomida kuzatuvda bo`ladi. Test natijalariga qarab, kuzatuv bekor qilinadi yoki davom ettiriladi.

    Boshqa yangiliklar