AsosiyJamiyat

Hukumat dori vositalari, tibbiy buyumlar va texnikalar muomalasini tartibga soluvchi qarorni qabul qildi

'Hukumat dori vositalari, tibbiy buyumlar va texnikalar muomalasini tartibga soluvchi qarorni qabul qildi'ning rasmi

Hukumat tomonidan Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar to`g`risidagi qaror  qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma`lum qildi.

Xususan, qarorga muvofiq, 2020 yil 1 oktyabrga qadar:

👉  84 turdagi tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar, shu jumladan kislorod konsentratorlar, puls oksimetrlari hamda sink, magniy, selen yoki vitamin “D” moddalarini saqlovchi biologik faol qo`shimchalar import qilinganda va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganda davlat ro`yxatidan o`tkazilmasdan va majburiy sertifikatlashtirilmasdan bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish (import qilinganda) va realizasiya qilish;

👉 46 turdagi dori vositalari import qilinganda va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganda ularni davlat ro`yxatidan o`tkazmasdan hamda 5 kunlik muddatda sertifikatlashtirish asosida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish (import qilinganda)  va realizasiya qilishga ruxsat berildi.

Shuningdek, Respublika maxsus komissiyasiga Sog`liqni saqlash vazirligi va Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligining (Agentlik) qo`shma xulosasi asosida qarorda belgilangan tibbiy buyumlar, tibbiy texnikalar, dori vositalari va biologik faol moddalar ro`yxatlariga qo`shimchalar  va o`zgartirishlar kiritish huquqi berildi.

✅ Tibbiy buyum, tibbiy texnikalar, shu jumladan kislorod konsentratorlar, biologik faol qo`shimchalar va dori vositalari importi bilan shug`ullanuvchi va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar:

👉 mahsulot sifati va xavfsizligi uchun javobgar hisoblanadi hamda o`zlari tomonidan realizasiya qilingan mahsulot haqidagi ma`lumotlarni mahsulot realizasiya qilingan kundan boshlab 5 kun ichida Agentlikka taqdim etishlari;

👉 dori vositalarini sertifikatlashtirish uchun dori vositasining qadog`ida halqaro patentlanmagan nomini o`zbek yoki rus yohud ingliz tilida ko`rsatilishini ta`minlagan holda ishlab chiqaruvchi korxonaning sinov bayonnomasini va sinov usullari ko`rsatilgan hujjatni taqdim etishlari shart.

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarning O`zbekistondan tashqariga olib chiqilishi 2020 yil 1 oktyabrga qadar vaqtinchalik to`xtatildi.

Ayrim dori vositalar, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni eksport qilishga Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ruxsat berilishi mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar