Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lumot berishicha Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida yashagan 80 yoshli V.X. (ayol)da joriy yil 18 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va u Toshkent tibbiyot akademiyasi ko`p tarmoqli klinikasi reanimasiya bo`limiga yotqizilgan.
Unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir nafas etishmovchiligi, o`tkir respirator distress sindromi, o`tkir yurak qon-tomir etishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.
Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stenokardiya hamda gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og`rigan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan.






