2020 yil 22 iyul soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 18 324 (+153) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV ma`lum qildi.
Yangi kasallanish holatlarining 93 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 60 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko`tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
E`tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Andijon viloyatida 112 nafar hamda Namangan viloyatida 33 nafar, jami 145 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 9 554 (+145) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (52 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 8 673 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.





