Toshkentdagi "Jomiy" bozori yonayotgani aks etgan videotasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgani haqida xabar bergan edik.
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabariga ko`ra, bugun soat 15:35 larda Olmazor tumani Qorasaroy ko`chasi 314 uyda joylashgan "Qurilish mollari" do`konida yong`in kelib chiqqan. Yong`in natijasida Qurilish mollari do`konlarida jami 200 kv.m maydon yongan.
Yong`in qutqaruv jangovor bo`limlari manzilga 15:41da etib borgan va ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida 16:14da yong`in to`liq bartaraf etilgan hamda do`konlarning 2000 kv.m maydoni saqlab qolingan.
Yong`in joyiga 6 ta yong`in-qutqaruv tehnikalari jalb etilgan. Hozirda yong`in sabablari va yong`indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






