AOKA huzuridagi shtabda bo`lib o`tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtab a`zosi Barno Odilova O`zbekistonda koronavirus vaksinasi qachon sotuvga chiqishi borasidagi savolga aniqlik kiritib o`tdi.
Aholidan kelib tushgan «Internet tarmoqlarida avgust oyi o`rtalarida vaksina sotuvga chiqishi haqida xabarlar tarqaldi. Shu xabarlar haqiqatga qanchalik yaqin?», — degan savolga mutaxassis quyidagicha javob bergan:
«Hammamiz ko`rib turibmiz, ijtimoiy tarmoqlarda ham, berilayotgan ma`lumotlarda ham butun jahon olimlari aynan mana shu kasallikka qarshi kurashish uchun yagona bo`lgan dori, ya`ni vaksinani ishlab chiqarish bilan mashg`ullar. Ko`rib turibmiz, mana Rossiyada, ko`plab mamlakatlarda vaksinalar ishlab chiqilgan. Bugungi kunda ular sinovdan o`tkazilyapti. Mamlakatimizga vaksinalar kelsa, buning xabarini birinchi bo`lib beramiz».






