AsosiyDunyo

BAA ilk bor Marsga zond uchirdi

'BAA ilk bor Marsga zond uchirdi'ning rasmi

 «Umid» kosmik zondi H-IIA raketa-tashuvchida Yaponiyaning Tanegasima orolidan koinotga uchirildi. Bu zondni Birlashgan Arab Amirliklari muhandislari yaratgan. BAA ilk bor Marsga zond uchirdi. Bu haqda bbc.som xabar berdi.

Parvozga BAA vaqti bilan 20 iyul soat 01:58 da start berilgan.

Keyinchalik Zond raketa-tashuvchidan muvaffaqiyatli ajralgan. Mutaxassislar apparatdan allaqachon dastlabki signallarni ola boshlaganini aytishmoqda.

Dastavval amirlik olimlar «Al-Amal» deb nomlangan ushbu kosmik zondni uchirishni 15 iyulga mo`ljallagan edi. Biroq Yaponiya orolida ob-havoning yomonlashgani sabab parvoz bir necha bor orqaga surildi.

Amirlik hukumati ta`kidlayotgan Marsga uyushtirilgan ilk arab missiyasi, to`laligicha arab olimlari va muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan. Rejaga ko`ra, zond Qizil sayyoraga 2021 yilda etib boradi.

    Boshqa yangiliklar