O`zbekiston bosh prokurorining sobiq o`rinbosari Qoraqalpog`iston prokurori Xakimbay Xalimov olamdan o`tdi. Avvalroq unda koronavirus aniqlangan edi.
O`zbekiston bosh prokurorining sobiq o`rinbosari Qoraqalpog`iston prokurori Xakimbay Xalimovning vafoti haqda Bosh prokuratura Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot Shamsutdinov xabar qildi.
Bosh prokuratura rahbariyati va jamoasi Qoraqalpog`iston Respublikasi prokuraturasi organlarida xizmat qilgan 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi Xalimov Xakimbay Ashirovichning vafoti munosabati bilan marhumning qarindosh va yaqinlariga chuqur ta`ziya izhor etadi", — deb yozdi matbuot xizmati.
Xakimbay Xalimov (1954 yilda tug`ilgan) turli yillarda Qoraqalpog`iston prokuratura tizimida faoliyat ko`rsatgan. O`zbekiston bosh prokurori o`rinbosari, Qoraqalpog`iston prokurori bo`lib ishlagan. 2017−2019 yillarda Qoraqalpog`istonda prezident xalq qabulxonasini boshqargan. 2019 yildan buyon Qoraqalpog`iston prokuraturasida bo`lim boshlig`i lavozimida ishlab kelayotgan edi.