Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotiga ko`ra, so`nggi bir kun ichida Eronda koronavirus 229 kishining hayotiga zomin bo`lgan. Bu esa mamlakatda panedmiya davrida shu kungacha bo`lgan rekord darajadagi o`limdir.
Umumiy hisobda, COVID-19 natijasida vafot etganlar 14 mingdan oshgan.
Mamlakatda vaziyat yomonlashishi munosabati bilan iyul oyi boshida Eron rasmiylari jamoat joylarida niqoblarni majburiy taqish qoidalarini joriy etdi.
Poytaxt Tehronda suzish havzalari va fitnes klublarining faoliyati to`xtatildi.
Prezident Hasan Ruhoniy esa Eron COVID-19ning ikkinchi to`lqinini boshdan kechirayotganini e`lon qildi.





