Shu yilning 22 iyul kuni mamlakatimizda 498 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 93 nafari Karantin muassasalarida, 405 nafari tana harorati ko`tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan, deb xabar bermoqda SSV.
Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida, Qoraqalpog`iston Respublikasi hamda Surxondaryo viloyatida 1 nafardan, jami 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Andijon, Namangan, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg`ona, Sirdaryo hamda Jizzax viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida jami 351 nafar bemor sog`ayib, koronavirus infeksiyasidan sog`ayganlar ko`rsatkichi bo`yicha rekord natija qayd etildi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 18 379 nafar bemordan 9 872 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 53 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8 409 nafar bemordan 102 nafari og`ir, 27 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






