Shahrixon tumanida kam ta`minlangan oilalarga ajratilgan 82,2 mln so`mlik byudjet mablag`lari talon-toroj qilindi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar qildi.
Aniqlanishicha, tumandagi “Yakka tut” MFY mansabdor shaxslari tomonidan kam ta`minlangan oilalar toifasiga kirmaydigan 51 nafar fuqarolarga asossiz ravishda moddiy yordam pullari to`lab berilishi oqibatida 82,2 mln so`m byudjet mablag`lari talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan MFY mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “a,v,g” bandlari va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






