Odam savdosida gumonlanuvchi ayol Toshkent viloyati hududida qo`lga olindi, deya xabar qilmoqda IIV Matbuot xizmati.
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135 moddasida («Odam savdosi») nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uchun Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan 2014 yilda qidiruvga e`lon qilingan 24 yoshli Diana K. 21 iyul kuni Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan Toshkent viloyati hududida qo`lga olindi.
Hozirda sud unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo`lladi, deyiladi xabarda.






