Ijtimoiy tarmoqlarda Farg`onda taksi haydovchisi o`zini osdi mazmunida xabar tarqaldi. Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati mazkur holat yuzasidan olib borilgan o`rganishlarni "darakchi.uz"ga taqdim etdi.
Keltirilishicha,, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan 2020 yil 10 iyuldan 2020 yil 1 avgustga qadar respublika miqyosida avtotransport vositalarinnng harakatini cheklangan.
Maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishga faqatgina kunning muayyan vaqtida (07.00 dan - 10.00 gacha, 17.00 dan - 20.00 gacha) fuqarolarning ish joyiga borib-kelishi, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun harakatlanishiga ruxsat beriladi.
Ammo joriy yil 22 iyul kuni soat 16:10da Farg`ona shahri va Toshloq tumanlari chegarasida tashkil etilgan karantin postida xizmat olib borayotgan viloyat IIB YHXB xodimi Sh.A Toshloq tumanidan Farg`onaga qarab, harakatlanib kelayotgan toshloqlik fuqaro Yu.N boshqaruvidagi «Lassetti» rusumli avtomashinani to`xtatib, haydovchidan avtomobilning karantin vaqtida harakatlanishi uchun berilgan ruxsatnomani talab qilgan. Haydovchi esa, xech qanday ruxsatnoma taqdim qila olmagan.
Natijada avtomashina vaqtinchalik jarima maydoniga olib kelinib, Farg`ona shahar Sanitariya epidimiologiya osoyishtalik markazi xodimlari tomonidan fuqaro Yu.N.ga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 54-moddasi 2-qismiga asosan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Fuqaro Yu.N qoidabuzarligi uchun qonunchilikda belgilangan jarima summasini to`lashdan bo`yin tovlash maqsadida jarima maydonidagi daraxtga o`zini osmoqchi bo`lgan.
Milliy gvardiya xodimlari tomonidan fuqaro Yu.N.ning xatti-harakatlari to`xtatib qolingan.
Ma`lumot o`rnida; 2020 yil 21 iyul kuni koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo`yicha viloyat idoralararo muvofiqlashtiruvchi Shtabi tomonidan qabul qilingan bayonga asosan tuman, shahar hokimliklari, viloyat boshqarma va tashkilotlari tomonidan avtotransport vositalarini harakatlanishi uchun joriy etilgan barcha turdagi ruxsatnomalar, ro`yxatlar, ma`lumotnomalar va stikerlar (Davlat xizmatlari agentligi tomonidan berilgan stikerlar bundan mustasno) 2020 yil 22 iyul kunidan bekor kilindi.
Shunday bo`lsada, viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan 22 iyul kuni ham haydovchilarga ushbu bayon mazmuni tushuntirilib, faqatgina ogohlantirish ishlari olib borildi.
Hurmatli fuqarolar! Karantin qoidalariga qat`iy amal qiling, deyiladi xabarda.