AsosiyJamiyat

Poytaxtdan koronavirusning navbatdagi qurboni 55 yoshli erkak bo`ldi

'Poytaxtdan koronavirusning navbatdagi qurboni 55 yoshli erkak bo`ldi'ning rasmi

SSV O`zbekistonda koronavirusning navbatdagi qurboni haqida xabar qildi. 

Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi 55 yoshli R.Sh.da (erkak) joriy yil 19 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko`p tarmoqli klinikasiga yotqizilgan.  

Unga “COVID-19” infeksiyasi o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir nafas etishmovchiligi, o`tkir respirator distress sindromi, o`tkir yurak qon-tomir etishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya hamda gipertoniya, semizlik 3 daraja kabi hamroh kasalliklar bilan ham og`rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.  

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar