AsosiyJamiyat

Ayni paytda O`zbekistonning 6 ta hududidan yana 152 kishida koronavirus aniqlandi

'Ayni paytda O`zbekistonning 6 ta hududidan yana 152 kishida koronavirus aniqlandi'ning rasmi

2020 yil 23 iyul soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 18531 (+152) nafarni tashkil etmoqda.

 Yangi kasallanish holatlarining 37 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko`tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 34 nafar Qashqadaryo viloyatida, yana 34 nafari Samarqand viloyatida, 19 nafari Buxoro viloyatida, 15 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida hamda 13 nafari Farg`ona viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 Ayni paytda yurtimizda 9872 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog`aygan.

 Hozirda mamlakatimizda 8560 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 100 nafari og`ir, 27 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.  

 

Sog`liqni saqlash vazirligi  

Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi

    Boshqa yangiliklar