AsosiyJamiyat

«Bu yuz foiz mish-mish» — O`zbekistonda koronavirus emas, o`lat tarqalgani haqidagi gaplar rad etildi

'«Bu yuz foiz mish-mish» — O`zbekistonda koronavirus emas, o`lat tarqalgani haqidagi gaplar rad etildi'ning rasmi

O`zbekistonda koronavirus emas, balki o`lat tarqalgani haqidagi mish-mishlar mutlaqo asossiz, deb ma`lum qildi mamlakatning bosh infeksionisti Erkin Musaboev.

So`nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar, xususan Telegram messenjeridagi ko`plab guruhlarda O`zbekistonda COVID-19 kasalligi emas, o`lat avj olayotgani haqida gap-so`zlar tarqaldi. O`zbekistonning bosh infeksionisti Erkin Musaboevning so`zlariga ko`ra, bu xabarlar butkul asossiz.

Musaboevning aytishicha, mamlakatda o`latga chalinish bilan bog`liq so`nggi holat 1996 yilda qayd etilgan bo`lib, shundan buyon biror marta kuzatilmagan.

«O`lat (chuma) juda qo`rqinchli holat hisoblanadi. Bir necha asrlar avval kuzatilgan bu kasallik juda ko`p o`limlarga olib kelgan. O`lat – antroponoz kasallik, ya`ni uning tarqalishi uchun tabiiy o`choq kerak. Bu tabiiy o`choq cho`l zonalarida bo`lishi mumkin. Uning tarqatuvchilari kemiruvchilar – kalamush, burga kabilar bo`ladi. Ular mikrob tarqatib, odamlarga ham yuqtiradi.

O`zbekistonda kemiruvchilarni nazorat qiluvchi karantin stansiyalari mavjud. Kemiruvchilar ko`payib ketgan taqdirda, ularni tekshirishadi va kamaytirishadi.

O`zbekistonda odamlarda 1996 yilda o`lat kuzatilgan, shundan beri o`tgan 24 yil ichida kuzatilgani yo`q. O`latning o`chog`i cho`l zonasida. Koronavirus esa ko`rib turganimizdek, shahar zonalarida – aholi konsentrasiyasi yuqori bo`lgan hududlarda keng tarqalmoqda», – dedi Sog`liqni saqlash vazirligi rasmiysi 22 iyul kuni «Tez yordam» dasturida.

    Boshqa yangiliklar