AsosiyJamiyat

101 530 000 so`mga baholangan xonadon fuqaroga olib berildi

'101 530 000  so`mga baholangan xonadon fuqaroga olib berildi'ning rasmi

O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasiga shu yil iyun oyida Namangan viloyati Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi fuqaro Murodov Samad tomonidan murojaat kelib tushdi. Bu haqda Federasiya matbuot xizmati Darakchiga xabar bermoqda. 

 Unga ko`ra fuqaro Namangan shahrida faoliyat yurituvchi qurilish firmasi bilan Namangan shahridagi ko`p qavatli uylardan birini qurib bitkazib berish to`g`risida shartnoma tuzadi. Unda xonadon 2020 yil yanvar oyida qurilish ishlarini yakunlanib, foydalanishga topshirilishi belgilangan.

Murodov Samad tijorat banki orqali 101 530 000 (Bir yuz bir million besh yuz o`ttiz ming) so`m miqdoridagi pulni kreditga olib, tuzilgan shartnoma uchun oldindan 100% to`lab bergan. Biroq, ijrochi bo`lmish qurilish firmasi tomonidan shartnoma shartlarini belgilangan muddatda bajarish asossiz ravishda paysalga solib kelingan. Bu borada O`zbekiston Respublikasi Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish to`g`risidagi qonunning 19-moddasida shunday deyilgan “Ijrochi ayrim turdagi ishlarni bajarish (xizmatlar ko`rsatish) qoidalarida yoki shartnomada belgilangan muddatda, hajmda va sifatda ishni bajarishi (xizmat ko`rsatishi) shart. “

Fuqaroning murojaatga ilova tarzda ijro etuvchi apparatga taqdim qilgan boshqa hujjatlari va O`zbekiston Respublikasining “Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi Qonuniga asosan belgilangan tartibda mutaxassislar tomonidan tezkorlik bilan o`rganib chiqildi.

Shu bilan birga qurilish firmasi rahbariga qonunda belgilangan tartibda majburiyatlari ham tushuntirildi.  

Natijada fuqaroning xonadoni qurilish firmasi tomonidan to`liq ta`mirlanib, yashash uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Iste`molchi va ijrochi bo`lmish qurilish firmasi o`rtasidagi shartnoma shartlari to`liq bajarilib, murojaat o`z vaqtida ijobiy hal etildi.

    Boshqa yangiliklar