Rossiya Tergov qo`mitasining Privoljskiy transport tergov bo`limi Samaradagi temir yo`l vokzalida ikki nafar polisiyachining O`zbekiston fuqarosini kaltaklagani yuzasidan jinoiy ish ochdi. Bu haqda hudud transport porokuraturasining axborotiga tayanib «Interfaks» xabar qilmoqda.
Hodisa 2020 yil 15 iyulda sodir bo`lgan. Polisiya xodimlariga ayblov e`lon qilingan va vaqtinchalik qamoqqa olish, yashash hududidan chiqarmaslik tarzidagi ehtiyot choralari qo`llanilgan.
Jinoyat ishi Rossiya Jinoyat kodeksining 286-moddasi 3-qismi «a» bandi (Mansab vakolatlarini kuch ishlatish va zo`ravonlik yo`li bilan suiiste`mol qilish) bilan ochilgan. Rossiya IIV Srednovoljsk transport tarmog`i boshqarmasi xodimlari gumonlanuvchi tariqasida ishga jalb qilingan.
Transport politasiyasi rahbariyatiga xodimlarning ishiga idoraviy nazoratni kuchaytirish bo`yicha ko`rsatma yuborilishi kutilmoqda.
Ayni vaqtda ikkala polisiya xodimi ham ishdan haydalgan. Ularning bevosita rahbarlariga ma`muriy jazo choralari ko`rilgan.
Jinoyat ishini tergov qilish Rossiya Tergov qo`mitasining nazoratiga olingan.
Vaziyat bilan juda yaxshi tanish «Interfaks» manbasining xabar qilishicha, nizo polisiyachilarning fuqarodan hujjat talab qilishi oqibatida kelib chiqqan.
«Transport polisiyasi xodimlari O`zbekiston fuqarosidan hujjatlarini ko`rsatishni so`ragan. Ulardan biri noma`lum sababga ko`ra fuqaroni urgan», — deydi «Interfaks» manbasi.






