Samarqand viloyati Nurobod tumani hokimi Faxriddin Zairov koronavirusga chalinib, hozirda sog`aygani haqida ma`lum qildi. Bu haqda Uzreport yozmoqda.
"Men koronavirus infeksiyasidan sog`aydim. Hozir o`zimni juda yaxshi his etyapman. Ammo hali ham qaerda kasallikni yuqtirib olganimni tasavvur qila olmayapman. Shuni bildimki, hech kim koronavirusga e`tiborsizlik bilan qaramasligi kerak. Salomatlik va xavfsizlik mutlaq ustivor vazifadir. Shuning uchun barchamiz karantin qoidalari qat`iy rioya qilib, o`zimiz, yaqinlarimiz sog`lig`ini asraylik. Birgalikda bu sinovli damlarni engib o`tamiz", – dedi tuman hokimi.
23.07.2020 06:38
Nurobod tumani hokimi koronavirusga chalinib, sog`aygani ma`lum qilindi






