Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2020 yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo`jaliklar tomonidan 1 mln. 490,9 ming tonna kartoshka etishtirildi. Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 % ga ko`p.
Etishtirilgan jami kartoshkaning 92,2 % i dehqon xo`jaliklari hissasiga to`g`ri kelmoqda.
Hududlar kesimida e`tibor qaratadigan bo`lsak, Samarqand 285,4 ming tonna, Surxondaryo 198,0 ming tonna va Farg`ona viloyati 187,0 ming tonna kartoshka etishtirish bilan yuqori o`rinlarni band etgan.
Bu borada Sirdaryo 25,5 ming tonna, Qoraqalpog`iston Respublikasi 25,3 ming tonna va Jizzax viloyati 9,5 ming tonna bilan kartoshka etishtirishda eng so`nggi o`rinda qayd etilgan.






