AsosiyJamiyat

platforma.uz: «Biz nega doim o`zga yurt olimlaridan umidvor bo`lamiz?!»

'platforma.uz: «Biz nega doim o`zga yurt olimlaridan umidvor bo`lamiz?!»'ning rasmi

"Ilm bilan echilishi zarur bo`lgan qandaydir global masala yuzaga kelganda, nega bizning olimlarimiz doim parda ortida qoladi? Nega?!" platforma.uz ushbu savolga tegishli tashkilotlardan  javob izlamoqda. 

"... mana, hozirgi pandemiya sharoitini oling. Butun dunyo koronavirusga qarshi vaksina yaratilishiga umidvor bo`lib qarab turibdi. Qaerda shu mavzu bilan bog`liq biror yangilik chiqsa, shoshilib o`qiyapmiz: rossiyalik, Buyuk britaniyalik, xitoylik olimlar vaksina yaratibdi, birinchi, ikkinchi sinovi yaxshi o`tibdi, hademay ommaviy qo`llab ko`rilarkan… “Baraka topishsin, tezroq yaratishsin-da ishqilib”, deya qanchadan-qancha yurtdoshimiz o`z munosabatini ham bildiryapti shunday xabarlarga.

To`g`ri, vaksina yaratish oson ish emas. Balki xato fikrlayotgandirman. Lekin salohiyatli olimlar, akademiklar kammi bizda? Nima etishmaydi o`zi? Texnika-texnologiya rasvomi?! Unday desangiz, doim Prezident bilan uchrashuvdan keyin ilm ahli TV, matbuotni bo`shatmay, og`zidan bol tomib maqtanadiku: “Mana, endi yangi bosqich boshlandi…”, “Hamma sharoit yaratib berildi…”

Hamma sharoit bo`lsa (rostdan ham davlat rahbari hech kim qilmagan imkoniyatlarni qilib beryapti olimlarga), unda shunday “yonayotgan” paytda nega sas-sadoingiz chiqmaydi? Nega u dori zararmi yo bunisi, bu preparat mumkinmi yoki yo`q, degan bahs ketayotganda, hech bo`lmasa shuni echishda yordamlashmaysiz? Chiroyli gaplaringiz kimga kerak?! Agar dardingiz bo`lsa, aldamay ayting. Shundoq ham yillar davomida bir-birimizni aldab keldik. Ko`p vaqt yo`qotdik.

Biz qachongacha o`tib ketgan ulug` allomalarimiz bilan maqtanamiz? Qachongacha Ibn Sino bizdan chiqqan, tibbiyotning asosi bizda, deb ko`krak keramiz?! Xo`p, shularning avlodi ekanimizni isbotlash ham kerakmi?!

Men mana shunday paytlarda oddiy bir fuqaro sifatida O`zFA prezidenti yoki innovasiya vazirining shijoatini, shashtini, hamma olimlarni birlashtirib, yonib-kuyayotganini, shkaflarda chang bosib qolib ketadigan papkalarni emas, real hayotda asqatadigan ilmiy ishlari mevalarini ko`rgim keladi…

    Boshqa yangiliklar