AsosiyJamiyat

Poytaxtlik koronavirusga chalingan yana bir 82 yoshli onaxon vafot etdi

'Poytaxtlik koronavirusga chalingan yana bir 82 yoshli onaxon  vafot etdi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lum qilishicha,   Toshkent shahri Olmazor tumanida yashagan 82 yoshli M.K.da (ayol)da 18 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va umumiy ahvoli og`irligi sababli Toshkent tibbiyot akademiyasi ko`p tarmoqli klinikasining jonlantirish bo`limiga yotqizilgan va sun`iy nafas berish apparatiga ulangan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir nafas etishmovchiligi, o`tkir respirator distress sindromi, o`tkir yurak qon-tomir etishmovchiligi, terminal o`pka shishi, poliorgan etishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stabil zo`riqish stenokardiyasi, gipertoniya kasalligi, semizlikning 2-darajasi, parkinsonizm kasalligi, podagra kabi hamroh kasalliklar bilan ham og`rigan.

Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar o`tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemor o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi, terminal o`pka shishidan vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar