AsosiyJamiyat

Pandemiyaning salbiy ta`sirini kamaytirish uchun yangi imtiyozlar belgilandi

'Pandemiyaning salbiy ta`sirini kamaytirish uchun yangi imtiyozlar belgilandi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev «Koronavirus pandemiyasining salbiy ta`sirini kamaytirish uchun aholi, tadbirkorlik sub`ektlari, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmatlar sohasini qo`llab-quvvatlashning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida»gi Farmonga imzo chekdi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Farmonga ko`ra, 2020 yil 1 iyuldan 2020 yil 31 dekabrga qadar:

👉 umumiy ovqatlanish korxonalari va binolarni ijaraga berishga ixtisoslashgan korxonalar aylanmadan olinadigan soliqni to`lashdan ozod etiladi;

👉 jismoniy shaxslar ko`chmas mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar bo`yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i to`lashdan ozod etiladi;

👉 mol-mulkini (binolar va avtomobil transporti) ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarga soliq maqsadida ijara to`lovlarining eng kam stavkalarini qo`llash tartibi to`xtatib turiladi;

👉 ijaraga beruvchilarga 2020 yil uchun ijara to`lovi miqdorini pasaytirish maqsadida, shu jumladan taqdim etilayotgan soliq imtiyozlarini inobatga olgan holda ijara to`lovini qayta ko`rib chiqish tavsiya etiladi;

👉 Shuningdek, 2020 yil 1 apreldan 2020 yil 31 dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig`imni to`lashdan ozod qilinadi.

    Boshqa yangiliklar