AsosiyDunyo

JSST eksperti Mayk Rayan: ”2021 yilgacha koronavirus vaksinasi tayyor bo`lishiga umid qilmang”

'JSST eksperti Mayk Rayan: ”2021 yilgacha koronavirus vaksinasi tayyor bo`lishiga umid qilmang”'ning rasmi

JSST mutaxassislaridan biri Mayk Rayanning 22 iyul kuni bergan bayonotiga ko`ra, hozirda tadqiqotchilar koronavirusga qarshi vaksina yaratishda muvaffaqiyatli tadqiqot olib borishmoqda. Hozirda bir nechta vaksinalar oxirgi sinov bosqichidan o`tkazilmoqda. Lekin, bu vaksinalarning keng ommaga taqdim etilishini 2021 yildan oldin yuz berishiga umid qilmaslik kerak.

“Hozirda global miqyosda COVID-19 bilan kasallanganlar soni rekord darajada oshib borar ekan JSST koronavirus vaksinasini dunyo bo`ylab adolatli yo`l bilan tarqatilishini ta`minlash bo`yicha ish olib bormoqda. Biz muvaffaqiyat bilan harakatlanmoqdamiz. Ammo, vaziyatga real baho beradigan bo`lsak, odamlarni koronavirusga qarshi emlash keyingi yilning birinchi choragida boshlanadi” deydi JSSTning favqulodda holatlar dasturi rahbari Mayk Rayan.

Shuningdek, Rayan ayni paytda JSST vaksinalarning barchaga etib borishi va uni ishlab chiqarish hajmini oshirishga harakat qilayotganini ham aytib o`tdi, deb yozmoqda internet manbalarga tayanib Tarjumon.uz.

“Biz vaksinaning tarqatilishida adolat bilan ish olib borishimiz kerak. Chunki, bu butun dunyoga kerakli mahsulotdir. Koronavirus pandemiyasiga qarshi vaksinalar boylar yoki kambag`allar uchun emas, balki barcha uchun birdek zarurdir” – deydi Rayan.

    Boshqa yangiliklar