"O`zbekiston havo yo`llari" milliy aviakompaniyasi samolyoti orqali yuborilgan insonparvarlik yuki zarur tibbiy vositalar, jumladan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda samarali hisoblangan 7 million donaga yaqin tabletkalarni o`z ichiga oladi.
Ushbu yuk O`zbekistonning Hindistondagi elchixonasi tomonidan Hindiston Kimyoviy mahsulotlar va o`g`itlar vazirligi huzuridagi Farmasevtika sanoati departamenti bilan birgalikda shakllantirildi.
Umumiy vazni 5 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami mamlakatimizning tegishli vazirlik va idoralariga topshirildi.






