SSV O`zbekistonda koronavirusning navbatdagi qurboni haqida xabar qildi.
Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 54 yoshli S.G. (ayol)da joriy yil 17 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va u Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.
Unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi, sepsis, poliorgan etishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.
Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stabil zo`riqish stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og`rigan.
Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar o`tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan.






