SSV 2020 yil 23 iyul kuni uchun kunlik statistikani e`lon qildi.
Unga ko`ra, shu yilning 23 iyul kuni mamlakatimizda 489 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 54 nafari Karantin muassasalarida, 435 nafari tana harorati ko`tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 3 nafar, Qashqadaryo viloyatida 1 nafar, jami 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Avval xabar qilganimizdek, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Samarqand, Sirdaryo, Namangan, Navoiy, Jizzax hamda Qashqadaryo viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida jami 277 nafar bemor sog`aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 18 868 nafar bemordan 10 149 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 53 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8 617 nafar bemordan 118 nafari og`ir, 30 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






