“O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida” Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeks hamda Jinoyat kodeksining sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalari aylanishi bilan bog`lik noqonuniy harakatlar uchun javobgarlik ko`rsatilgan moddalariga tegishli qo`shimchalar kiritildi.
Xususan, Jinoyat kodeksining 186³-moddasiga kiritilgan qo`shimchaga ko`ra, tarkibida kuchli ta`sir qiluvchi moddalar mavjud bo`lgan dori vositalarini resept bo`yicha chakana realizasiya qilish tartibini buzganlik uchun alohida javobgarlik belgilanib, ushbu harakatni ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin sodir etganlik uchun aybdor 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Mazkur o`zgartirishlar Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran 3 oy o`tgach amalga kiritiladi.






