AsosiyJamiyat

O`zbekistonning to`rtta hududidan yana 118 kishida koronavirus aniqlandi

'O`zbekistonning to`rtta hududidan yana 118 kishida koronavirus aniqlandi'ning rasmi

2020 yil 24 iyul soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 18 986 (+118) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 64 nafari Toshkent shahrida, 31 nafar Samarqand viloyatida, 18 nafari Toshkent viloyatida hamda 5 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 10 149 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 734 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 118 nafari og`ir, 30 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

    Boshqa yangiliklar