1

Samarqandda Kamazga mingan qiz o`g`ri bo`lib chiqdi

Jinoyat 24.07.2020, 12:34
Samarqandda Kamazga mingan qiz o`g`ri bo`lib chiqdi

Kattaqo`rg`on tumani Omonboy MFYda yashovchi, 1995 y.t D.Sh. Samarqand shahri bo`yicha IIO FMBga ariza bilan murojaat qildi. Unda, 2020 yil 16 iyul kuni soat 21:30 larda o`ziga tegishli Kamaz rusumli yuk avtomashinasida Narpay tumanidan Toshkent shahriga borish uchun yo`lga chiqib, Oqtosh shahridan Toshkent viloyati Yangiyo`l tumanida yashovchi, 1995 y.t. S.U. ni yo`lovchi sifatida mindirganligini va soat 23:40larda Samarqand shahar O`zbek Trakt ko`chasida joylashgan Ulug`bek Shox bekatiga etib kelib, oziq-ovqat xarid qilish uchun avtomashinadan tushgan vaqtida S.U. avtomashina ichida bo`lgan 5340 AQSh dollari va 3.600.000 so`m miqdoridagi pullarini yashirin ravishda talon-taroj qilib, voqea joyidan yashiringanligini ma`lum qilgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda. 

Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB 6-son IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida S.U. ushlanib undan 800 AQSh dollari miqdoridagi pullar ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-modda (O`g`rilik)si 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1