AsosiyJamiyat

86% o`zbek ayoli o`z hayotidan mamnun

“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o`rganish markazi tomonidan “O`zbekiston ayollari – 2015: ijtimoiy holati va kayfiyati” mavzuida ijtimoiy so`rovnoma o`tkazdi.

So`rovnomada ishtirok etgan 94,3% ayollar o`zlarini ijtimoiy va huquqiy himoyalangan his etishlarini ta`kidlashdi, deya xabar beradi "Jahon" AA.

94,1% respondentlar hayotdagi aniq maqsadlari borligini, bu esa ularni har jabhada faol bo`lishga undashini ma`lum qilgan.

Tadqiqot o`sib kelayotgan avlod tarbiyasida ayolning rolini 93,1%, ijobiy mikroiqlim yaratishda esa 84,4% deya baholadi. Bundan tashqari 78,7% so`rovnomada ishtirok etganlar ayollarni oila byudjetiga sezilarli hissa qo`shayotganini ta`kidlagan.

97,2% so`rovnomada ishtirok etgan ayollar o`zlarini baxtli sanashlarini aytishdi. Aksariyat o`zbek ayollari (86,1%) o`z hayotlaridan mamnun.

    Boshqa yangiliklar