AsosiyDunyo

Ayo Sofiyada 86 yillik tanaffusdan keyin minglab musulmonlar ishtirokida ilk juma namozi o`qildi

'Ayo Sofiyada 86 yillik tanaffusdan keyin minglab musulmonlar ishtirokida ilk juma namozi o`qildi'ning rasmi

15 asrdan beri xristianlar va musulmonlar tomonidan e`zozlanib kelinayotgan Turkiyadagi “Avliyo Sofiya” binosi shu oyning boshida yana masjidga aylantirilgach, 24 iyul kuni erta tongdan bu erdagi ilk juma namoziga minglab turk musulmonlari yig`ildi.

“Biz bugun 86 yillik maqsadimizga etdik. Prezidentimiz va sud qarorining sharofati bilan biz juma namozini “Avliyo Sofiya”da ado etamiz” deydi namozga kelganlardan biri Sait Kolak bu erning deyarli 90 yildan beri muzey bo`lib kelganini ta`kidlar ekan.

Oltinchi asrda Vizantiya imperiyasi tomonidan Konstantinopolda (hozirgi Istanbul) qurilgan “Avliyo Sofiya” 900 yil davomida cherkov vazifasini o`tadi. O`n beshinchi asrda Abdulhamid ikkinchi bu erni zabt etdi va “Avliyo Sofiya”ni masjidga aylantirdi. Lekin, yigirmanchi asrda Kamol Otaturk davriga kelib bu ibodatxona muzey maqomini oldi.

Shu oyning boshida Turkiya Oliy Sudi “Avliyo Sofiya”ning 1934 yilda muzeyga aylantirishini noqonuniy deb topdi va bu erni yana masjidga aylantish haqida qaror chiqardi. Shundan keyin prezident Rajab Tayyip Erdo`g`an zudlik bilan “Avliyo Sofiya”ni masjid deb e`lon qildi.

Bugungi juma namozida bir necha yuz nafar taklif qilinganlar bilan birgalikda Erdo`g`an ham shaxsan qatnashishi rejalashtirilgan. Erdo`g`an o`zining 17 yillik prezidentlik davrida Islom dinini va uning qoidalarini qo`llab quvvatladi va “Avliyo Sofiya”ga masjid maqomini qaytarilishiga bosh-qosh bo`ldi. U o`tgan yilgi saylovlarda “Avliyo Sofiya” masalasini ko`tarib chiqqan va musulmonlarning bu erda ibodat qila olishlari kerakligini ta`kidlagandi.

“Avliyo Sofiya”ning masjidga aylantirilishi xristianlik dinining namoyondalari tomonidan qattiq tanqid ostiga olindi. Ularning so`zlariga ko`ra, bu binoning faqatgina musulmonlar uchun ibodatxonaga aylantirlishi dinlararo kelishmovchilikning yuzaga kelish xavfini oshiradi.

Ammo, Turkiya hukumati “Avliyo Sofiya” namozdan boshqa vaqtlarda barcha din vakillari uchun ochiq bo`lishini va bino ichidagi xristianlikka oid rasmlar saqlab qolinishini ma`lum qilgan. Unga ko`ra, namoz paytida xristianlikka tegishli mozaykalar parda bilan to`sib qo`yiladi.

    Boshqa yangiliklar