Ushbu savolga AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Barno Odilova quyidagi javob berdi:
" - Xabaringiz bor SSV tomonidan kasallanganlar haqidagi ma`lumotlar kuniga kamida 4 marta e`lon qilinadi. Kasallikni yashirishdan esa hech qanday mantiq yo`q. Shu bilan birga, statistik ma`lumotlar shifoxonaga yoki poliklinikaga murojaat qilgan bemorlar bo`yicha emas, kasallik aniqlanib yakuniy tashxis qo`yilgan bemorlarga nisbatan qayd qilinadi."






