AsosiyJamiyat

Jizzaxda "Yuk ko`targich" texnikasini ortib ketayotgan yuk mashinasi ag`darilib ketdi

'Jizzaxda "Yuk ko`targich" texnikasini ortib ketayotgan yuk mashinasi ag`darilib ketdi'ning rasmi

IIV YHXBB Axborot xizmatining ma`lui qilishicha halokat joriy yilning 24 iyul kuni soat 13:20 larda, Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani hududidan o`tgan xalqaro ahamiyatga ega M39 avtomobil yo`lining 998-kilometrida sodir bo`lgan. 

Haydovchi K.V. boshqaruvida bo`lgan "Traller" rusumli yuk avtomashinasiga "Yuk ko`targich" maxsus texnikasini ortib harakatlanayotgan vaqtida, haydovchi rul boshqaruvini yo`qotishi oqibatida yuk avtomashinasi ag`darilgan.

Ag`darilish natijasida tan jarohati olganlar yo`q.

Mazkur holat yuzasidan Sharof Rashidov tumani IIB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar