Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lum qilishicha, Toshkent shahri Sergeli tumanida yashagan 73 yoshli G.R. (ayol)da joriy yil 9 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va Zangiota ko`p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir nafas va yurak etishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.
Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, bosh miyada surunkali qon aylanishining buzilishi, surunkali pielonefrit, surunkali xolesistit kabi hamroh kasalliklar bilan ham og`rigan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Asosiy kasallik asoratlari hisobiga bemorning ahvoli keskin og`irlashib, shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan.






