AsosiyJamiyat

FHDYo organlarida blokcheyn tizimidan foydalaniladi

'FHDYo organlarida blokcheyn tizimidan foydalaniladi'ning rasmi

Xabaringiz bor, joriy yilning 1 aprelidan boshlab «ZAGS» sohasi Davlat xizmatlari agentligi tasarrufiga o`tkazildi. Biroq mazkur sohani yaxshilash ishlari bundan ancha avval boshlab qo`yilgan edi.

Davlat xizmatlari agentligi direktori o`rinbosari Nu`mon Muxammadievning ta`kidlashicha, DXA blokcheyn tizimini aynan ushbu sohaga joriy etishdan boshlamoqchi. Buning uchun mamlakatimiz rahbarining tegishli qarori bilan «FHDYo yagona elektron arxivi» axborot tizimini blokcheyn texnologiyasiga o`tkazish belgilangan. Bunda davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini joriy qilish ko`zda tutilgan.

Eslatib o`tmoqchimiz, mazkur muhim takomillashtirish ishlarida davlat byudjetidan mablag`lar olinmaydi.

«FHDYo yagona elektron arxivi» axborot tizimining blokcheyn texnologiyasi asosida modernizasiya qilish Evropa Ittifoqining moliyaviy ko`magi asosida Davlat xizmatlari agentligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMT TD) qo`shma loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Taqsimlangan reestrdan «ZAGS» tizimiga nima naf?

Ushbu savolga  Nu`mon Muxammadiev quyidagicha javob berdi:

 "- Blokcheyn «FHDYo yagona elektron arxivi» axborot tizimiga qo`shimcha maxsus apparat vositalaridan foydalanmasdan xavfsiz kirish va tizimdan foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Kiritilgan fuqarolik holati yozuvlari bloklar deb ataluvchi xesh-funksiya yordamida o`zgarmas blokka joylashtiriladi (xeshlash).

Ma`lumotlar faqatgina tizimda ro`yxatdan o`tkazilgan akkauntlar tomonidan kiritiladi. Ya`ni, har bir ishtirok etuvchiga maxsus login va parol beriladi. Yana bir jihati shundaki, qaysi akkaunt egasi qachon va nima ma`lumot kiritgani shaffof ko`rinib turadi. Bu esa tizimda firibgarliklarni oldini olishga yordam beradi.

Blokcheyn tizimida foydalanuvchi mustaqil ravishda alohida blokdagi ma`lumotni o`zgartirolmaydi. Ya`ni bir blokdagi ma`lumotning o`zgartirilishi barcha avvalgi bloklarga ta`sir qiladi. Shu jihatdan axborot xavfsizligi ta`minlanadi hamda tizimda ham shaffoflik ta`minlanadi.

«FHDYo yagona elektron arxivi» axborot tizimining blokcheyn texnologiyasi asosida modernizasiya qilish ishlarini to`liq yakunlash hamda amaliyotga tatbiq qilish joriy yilning dekabr oyiga rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar